Farg‘ona viloyatida jamoat transporti narxi oshiriladi

eʼlon qilindi
Bir nafar yo‘lovchi uchun 3 ming so‘m
Foto: Transport vazirligi

2024-yil 29-oktabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov qaroriga ko‘ra, viloyat shaharlari jamoat transportida yo‘lkira narxi bir nafar yo‘lovchi uchun 3 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, elektron tizimlar (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) orqali to‘lov amalga oshirilganda, yo‘lkira narxi bir nafar yo‘lovchi uchun 2,4 ming so‘mni tashkil etadi. Yo‘nalishli taksilarda (mikroavtobuslarda) esa yo‘lkira 4 ming so‘m qilib belgilandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda avtobus va tramvayda yo‘lkira narxi ko‘tarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek