Yangiliklar

Farg‘onada kiberxavfsizlik laboratoriyasi ishga tushdi

Dual ta’lim dasturi bo‘yicha talabalar pullik amaliyot o‘tashadi
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Farg‘onada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali va viloyat IIB hamkorligida «Kiberxavfsizlik laboratoriyasi» ochildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Laboratoriya zamonaviy texnologiyalar va kompyuterlar bilan jihozlangan, shuningdek, amaliyotchilar uchun yotoqxona ham mavjud.

Laboratoriyada ishlash uchun saralab olingan talabalar bir yil davomida dual ta’lim dasturi bo‘yicha pullik amaliyot o‘tashadi. Hozirgi vaqtda filialning besh nafar bitiruvchisi ishlamoqda, yana 10 nafar talaba esa o‘quv vaqtidan tashqari pullik amaliyot o‘tamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston FinTech assotsiatsiyasi va Loialte kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi haqida yozgan edi.