Yangiliklar

Hafta o‘rtasida dollarning narxi yana pasaydi

Foto: Frederick Warren / Unsplash

30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 10,63 so‘mga pasaydi va 12 774,34 so‘mni tashkil qildi.

Banklar ushbu valyutani 12 720 – 12 765 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 790 – 12 845 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29-oktabr kuni dollarning narxi qariyb 10 so‘mga pasaygan edi.