Ispaniyadagi suv toshqini oqibatida 62 nafar kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kuchli yomg‘ir xavfi hafta oxirigacha davom etishi mumkin
Foto: ALberto Saiz/AP

Ispaniyada kuzatilgan 28 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik mamlakatning janubiy va sharqiy qismida yirik suv toshqinini keltirib chiqardi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Valensiya mintaqaviy hukumati suv toshqini oqibatida kamida 62 kishi halok bo‘lganini xabar berdi. Shuningdek, toshqin binolarni qoplab olgan, magistral yo‘llarni ham ancha yaroqsiz holga keltirgan. Mikroavtobuslar, avtomashinalar va axlat qutilari binolarning birinchi qavatiga to‘planib qoldi.

Foto: Alex Juarez/Anadolu/Getty Images

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches chorshanba kuni uning hukumati suv toshqini qurbonlariga yordam berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini aytdi.

Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles suv toshqinini «misli ko‘rilmagan hodisa» deb ta’rifladi. Uning aytishicha, 1000 dan ortiq harbiy xizmatchilar qutqaruv ishlarida yordam berish uchun safarbar qilingan.

Foto: Alex Juarez/Anadolu/Getty Images

Ispaniya hukumati suv toshqini qurbonlari uchun payshanba kunidan boshlab uch kunlik motam e’lon qildi.

Olimlarning ta’kidlashicha, inson omili sabab bo‘lgan iqlim fojiasi ekstremal ob-havoni tez sur’atlarda og‘irlashtirmoqda.

Foto: Eva Manez/Reuters

Ekologiyaning ifloslanishi tufayli Yer sayyorasi isir ekan, bu kabi fojiali hodisalar tobora kuchayib borishi mumkin. Yuqori haroratdagi okeanlar kuchli bo‘ronlarni qo‘zg‘atadi va yog‘ingarchilik, suv toshqinlariga zamin yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinga yopirilgan «Trami» to‘foni oqibatida 110 kishi halok bo‘lgan edi.

Shuningdek