Mobil aloqa uchun aksizni bekor qilish taklif qilinmoqda
eʼlon qilindi
2025-yildan boshlab
O‘zbekistonda mobil aloqa uchun aksiz solig‘ini kelasi yildan bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu tashabbus 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan budjetnomada qayd etildi.
Avvalroq 2023-yilda aksiz solig‘ini bekor qilish rejalashtirilgan edi, biroq keyinchalik uni saqlab qolishga qaror qilindi. Joriy yil boshida aloqa uchun aksiz solig‘i stavkasi 10 foiz darajasida edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda gazsiz ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etishmoqchi ekani haqida yozgan edi.