Oʻzbekiston va Turkmaniston yuk tashuvchilar uchun teng toʻlovlarni joriy qiladi

eʼlon qilindi
E-permit elektron hujjat almashinuvini joriy etiladi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston va Turkmaniston kelasi yildan boshlab yuk tashuvchilardan paritet asosida toʻlov undirishga kelishib oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu kelishuvga joriy yilning 29- oktabr kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston transport idoralari mutasaddi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda erishildi.

Bundan tashqari, Toshkent va Ashxobod yuk tashish muammolarini tezkor hal qilish uchun ishchi guruh tuzish hamda E-permit elektron hujjat almashinuvini joriy etishni ham rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tmiz, avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston transportda yuk tashish hajmini 1,8 million tonnaga yetkazgani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek