Saida Mirziyoyeva Qatar sobiq amirining qizi Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyning taklifiga binoan Marokashda «Fashion Trust Arabia» mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
«Marosimda qatnashish moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi bo‘lish imkonini berdi», – deydi Saida Mirziyoyeva.
Mirziyoyeva Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondo‘stligi uchun, Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa taklif uchun o‘z minnatdorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva BMT vakili bilan Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgani haqida yozgan edik.