TechWomen xalqaro dasturida O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi

eʼlon qilindi
9 yil mobaynida ilk marta
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Oʻzbekistonning IT jamoasi bolalarda autizm xavfini aniqlashga yordam beruvchi «Bolajonim» loyihasi bilan TechWomen dasturi gʻolibiga aylandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik jamoa tarkibi loyiha menejeri Natalya Ni, ekologiya bo‘yicha maslahatchi Dinara Rustami, texnik mahsulot menejeri Shohista Ergasheva, hamkorlik bo‘yicha menejer Ra’no Sidiqova va loyiha menejeri Dilbar Umarovalardan iborat.

«Bolajonim» loyihasi ota-onalarga autizm xavfini erta aniqlash bilan birga, Telegram orqali M-CHAT-R/F metodi bilan qulay skrining qilishda ham yordam beradi.

Loyiha doirasida pediatrlar bilan hamkorlik qilish va raqamli platforma orqali skrining uslublarini joriy etish, mutaxassislar bilan aloqa oʻrnatish borasidagi rejalar ko‘zda tutilmoqda. Bu, albatta, kasallikni erta aniqlash va davolash imkoniyatlarini yengillashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi loyihasini ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Shuningdek