Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosish uchun jinoiy ish qo‘zg‘atish amaliyotiga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi.
«So‘nggi paytlarda (huquq-tartibot organlari – Tahr.) ba’zi fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan materiallar va videoroliklarga «layk» bosishlarini dalil sifatida qabul qilmoqda», – dedi Rahmon Dushanbedagi yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash davlat muassasasining ochilish marosimida. Davlat rahbari matbuot xizmati uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Rahmon bunday jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishni «asossiz» deb atadi va bunday harakatlarga chek qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda Tojikiston strategik sherik deb atalgani haqida yozgan edi.