Turkiyadagi farrosh xatolik tufayli o‘tkazilgan deyarli $7 millionni qaytarib berdi

eʼlon qilindi
U pullarni "harom" deb hisoblab, bankka qaytardi
Foto: Sandra Gabriel / Pixabay

Izmir shahrida yashovchi farrosh Ozkan Aydik bank kartasida katta miqdordagi mablag‘ — 23 milliondan ortiq turk lirasi (taxminan $6,7 mln) borligini aniqladi. U pullarni «harom» deb hisoblab, bankka qaytarishga qaror qildi. Bu haqda Turkiyaning Yeni Şafak nashri xabar berdi.

U kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun bank ilovasiga kirganida ushbu katta summani ko‘rib hayron qolgan.

Aydik mablag‘ni qaytarishga qaror qilib, bankka murojaat qilgan. Biroq, u pulning kelib chiqishi va keyingi taqdiri haqida so‘raganida, bank unga bu ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan. Endi erkak pulning qayerdan kelganini aniqlash uchun politsiyaga murojaat qilmoqchi.

Bu voqea Turkiya ijtimoiy tarmoqlarida qizg‘in muhokama qilindi: ko‘pchilik Aydikning halolligini olqishladi, boshqalar esa boyib ketish imkoniyatini qo‘ldan chiqarganini ta’kidlashdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o’zbekistonliklarga bir trillion so‘mdan ortiq cashback qaytarilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek