Uzum Bank Oʻzbekiston fuqarolariga Visa xalqaro toʻlov tizimining Uzum virtual kartalaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistanʼga maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, ilovada kartani rasmiylashtirish atigi bir necha daqiqani tashkil qiladi, xizmat koʻrsatish va kartani toʻldirish esa komissiyasiz. Kartalar sinov davrining oʻzida 250 ming ortiq aholi tomonidan rasmiylashtirilib, faol foydalanilmoqda.
Mazkur karta doʻkonlar va onlayn-xizmatlarda xaridlar uchun toʻlovni amalga oshirish, keshbek ishlash, pul oʻtkazish va naqd pul yechib olish imkonini beradi. Shuningdek, Uzcard va Humo kartalariga yil oxirigacha komissiyasiz pul oʻtkazish mumkin*, Uzum kartalari oʻrtasida esa pul oʻtkazmalari — doimo bepul.
Tez orada Uzum Bank mijozlari nafaqat virtual, balki Uzum plastik kartasiga ham buyurtma berishlari mumkin boʻladi. U raqamli versiyaning afzalliklarini saqlab qolgan holda, oflayn operatsiyalar jumladan, mamlakat va xorijda toʻlov qilish va naqd pul yechib olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Uzum karta raqamli servislar ekotizimimizning moliyaviy markaziga aylanadi. Bu Uzum Bankning birinchi mahsuloti boʻlib, biz uni oʻz IT-infratuzilmamiz asosida ishlab chiqdik va kengaytirmoqdamiz. Biz uchun Oʻzbekiston aholisi ehtiyojlariga mos keladigan texnologik servis yaratish juda muhim. Buning uchun biz yopiq sinov oʻtkazdik va mijozlarning fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda mahsulotni toʻliq ishlab chiqdik, biz respublikaning barcha aholisi uchun kartani rasmiylashtirishdan mamnunmiz», — deydi Uzum Fintech bosh direktori Yegor Abramets.
Mijozlar Uzum kartani mavjud limitdan 25 mln soʻmgacha mikroqarz orqali toʻldirishlari hamda undan odatiy pul sifatida: xaridlar uchun toʻlov, pul oʻtkazish va naqd pul yechib olish uchun foydalanishlari mumkin. Visa asosidagi Uzum karta Uzum Market va Uzum Tezkor bilan integratsiya qilingan. Buning evaziga bank mijozlari Uzum ekotizimining barcha afzalliklari va maxsus takliflaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
Maʼlumot uchun
Uzum Bank — Uzum milliy raqamli ekotizimiga qarashli internet-bank. Uzum Bank yordamida millionlab foydalanuvchilar oʻz mablagʻlarini boshqaradi: tovarlar, xizmatlar uchun toʻlovlar maishiy toʻlovlarni amalga oshiradi, xaridlardan keshbek oladi, pul oʻtkazadi va naqd pul yechib oladi. Uzum Nasiya bilan integratsiya bank mijozlariga nasiya va mikroqarzlar uchun 25 million soʻmgacha limit va qulay toʻlovlardan foydalanish, Uzum Market va Uzum Tezkor bilan esa Uzum ekotizimining qoʻshimcha bonuslari va afzalliklaridan bahramand boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.
* — 2024-yil 31-dekabrga qadar Uzcard va Humo kartalariga oyiga 100 mln soʻmgacha oʻtkazmalar komissiyasiz.