Xitoy orbitaga boshqariladigan kosmik kemani uchirdi
Xitoy «Shenchjou-19» nomli boshqariladigan kosmik kemasini uchta kosmonavt bilan birga orbitaga uchirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
«Shenzhou-19» aniq belgilangan orbitaga yetib bordi, kema ijobiy holatda ishlashda davom etmoqda. Parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirilganini e’lon qilaman”, — dedi rasmiylar.
«Shenchjou-19» kosmik kemasi va uning uch ekipaji Xitoy shimoli-g‘arbidagi Jiuquan sun’iy yo‘ldoshini uchirish markazidan 4:27 da (GMT 2027) Long March-2F raketasida ko‘tarildi.
«Shenchjou-19» parvozi davomida koinotda 86 ta kosmik ilmiy-texnik tajribalar — hayot haqidagi fanlar, mikrogravitatsiya fizikasi, materiallar, tibbiyot, yangi texnologiyalar kabi sohalarda amalga oshiriladi. Ushbu tajribalardan biri simulyatsiya qilingan Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlarni kosmosdagi sharoitlarga ta’sir qilishini o‘z ichiga olishi kutilmoqda.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, g‘ishtlar doimiy Oy tadqiqot stansiyasini qurishda qo‘llaniladigan asosiy material bo‘ladi. Bu tajriba Yerdan qurilish materiallarini tashishdan ko‘ra qulayroq bo‘ladi. Xitoy buni 2035-yilgacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
G’ishtlar kelasi oy «Shenzhou-19» ekipajiga alohida ekipajsiz yuk kemasida koinotga jo‘natiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polaris Dawn koinotga qilgan ilk tijoriy parvozni amalga oshirgani haqida yozgan edik.