Xitoyning «ByteDance» internet-kompaniyasi asoschisi Chjan Imin Xitoyning eng boy odamiga aylandi. Uning boyligi $49,3 milliardga baholanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
41 yoshli Chjan soʻnggi 26-yil ichida Xitoyning eng boy 18-kishisi boʻldi. Shu davr mobaynida mazkur roʻyxat muntazam ravishda e’lon qilib kelinmoqda.
ByteDance asoschisi Nongfu Spring rahbari Chjun Shanshanni (butilkadagi suvni ishlab chiqaradi) ortda qoldirdi, uning boyligi 24 foizga kamaydi.
Ro‘yxatda uchinchi o‘rinni Tencent asoschisi Ma Xuaten egalladi. Umuman olganda, Xitoyda milliarderlar soni 142 kishiga qisqardi.
Kursiv Uzbekistan mart oyida Ilon Mask endi dunyodagi eng boy odam emasligini yozgan edi.