
31-oktabr kuni respublikada yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. O‘rtacha havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 18-darajagacha ko‘tariladi, kechga kelib 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi harorat 5-10 daraja iliq, kechasi esa 3 daraja sovuq bo‘ladi.