Bugun, 31-oktabr kuni Toshkentning Yunusobod, Bektemir va Olmazor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Yunusobod tumanining «Iftixor» hamda «Naqshbandiy» MFY hududlarida soat 12:00 dan 18:00 gacha elektr ta’minotidan oʻchiriladi.
Shuningdek, Bektemir tumanining «Nurli yoʻl», «Musaffo» hamda «Sohil» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha, Olmazor tumanining «Ahil», «Moyariq», «Yangi Toshkent», «Gulzor», «Chuqursoy», «Oltinsoy», «Islom ota» hamda «Shifokorlar» MFY hududlarida esa soat 09:00 dan 15:30 gacha elektr energiyasi boʻlmaydi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» mazkur holat ta’mirlash ishlari tufayli yuz berganini ma’lum qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan chiqindidan qarzdorlik uchun elektr energiyasi uzilmasligi haqida xabar bergan edi.