$4,6 million mablag‘ O‘zbekiston banklarida muzlatilgan

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Markaziy bank OFAC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormoqda va ushbu mablag‘larni ularning egalariga qaytarish bo‘yicha ish olib boradi
Foto: tashatuvango / www.depositphotos.com

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston kompaniyalari sanksiyalarga duch kelayotganiga aloqador xavotirlarini bildirar ekan, «Biz juda xavotirdamiz» dedi. Kursiv Uzbekistan nashri vakilining sanksiyalar haqidagi savoliga u shunday izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki maxsus hukumat komissiyasi tashkil etilgan. Birinchi komissiya eksport-import operatsiyalarining sanksiyalarga tushib qolish ehtimolini monitoring qiladi. Ikkinchi komissiya esa pul o‘tkazmalari va to‘lovlar sanksiyaga tushib qolmasligi uchun nazoratni amalga oshiradi. Ushbu jarayonlar ustidan nazorat ancha kuchli, deb ta’kidladi u.

Yaqinda sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekistonning ikki tashkiloti bo‘yicha to‘lovlar yozda to‘xtatilgan edi, endi esa bu tashkilotlarning sanksiyalarga tushib qolgani rasman e’lon qilindi.

«Bizning banklarimiz OFAC va Yevropa Ittifoqining sanksiyaviy talablaridan kelib chiqib, har bir eksportyor va importyorga ichki talablarini qo‘ymoqda. Ushbu talablar doirasida olib borilayotgan ishlar sanksiyaga tushib qolish xavfini ma’lum darajada kamaytirmoqda», – dedi Nurmuratov.

«Men oldingi safar aytganmidim, yo’qmi, bizda ham ma’lum jihatdan $4,6 mlnlik to‘xtab qolgan pul mablag‘lari bor. Bu sanksiya qo‘llanganidan emas, ya’ni bank muzlatib qo‘ygan holatlar», – dedi MB raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank OFAC bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormoqda va ushbu mablag‘larni ularning egalariga qaytarish bo‘yicha ish olib boradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Markaziy bank xorijiy valyuta obligatsiyalari uchun xavflarni sanab o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek