Britaniya, Koreya va Polshadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari jadal o‘smoqda
Joriy yilning 9 oyi ichida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 11,3 millardga yetdi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Joriy yil yanvar – sentabr oylarida Oʻzbekistonga kirib kelgan pul oʻtkazmalari hajmi 11,3 milliard dollarga yetdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga koʻp», – dedi Nurmuratov.
Ushbu davr mobaynida Rossiyadan $8,8 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Shuningdek, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalaridan 77,8 foiz bilan Rossiya yetakchilik qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning o‘n oyi ichida O‘zbekistonga 12,5 mlrd pul o‘tkazmalari kelib tushgan. Bunda o‘sish ko‘rsatkichi Rossiyadan 35 foiz o‘sish, Buyuk Britaniyadan 67 foiz, Janubiy Koreyadan 76 foiz, Polshadan 97 foizni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘iston 2024-yilning birinchi olti oyida 500 mlrd tengedan ortiq (taxminan $1 mlrd) xalqaro pul o‘tkazmalaridan qariyb 27 foizi O‘zbekistonga yo‘naltirilgani haqida xabar bergan edi.