BYD choraklik daromad bo‘yicha Tesla’ni ortda qoldirdi
Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD kompaniyasi bir qator imtiyozlar yordamida uchinchi chorakda sof foydasini 11,5 foizga oshirdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, iyul–sentabr oylarida sof foyda 11,6 mlrd yuanga ($1,63 mlrd) yetdi, deyiladi kompaniya birja hisobotida. To‘qqiz oyda esa sof foyda 18,1 foizga oshib, 25,2 mlrd yuanni tashkil qildi.
Uchinchi chorakdagi umumiy daromad o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshib, 201,1 mlrd yuanga ($28,24 mlrd) yetdi va bu bilan ilk marta Tesla’dan oshib ketdi.
Ma’lumot uchun, bu yil Xitoydagi elektromobillar sotuvining 1/3 qismidan ko‘prog‘ini BYD avtomobillari tashkil etgan.
Shuningdek, BYD sentabr oyida oylik savdo rekordini yangiladi va uning choraklik sotuvi uchinchi chorakdagi sotuvi ham choraklik sotuvni yuqori darajaga olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Tesla CyberCab robotaksini taqdim etgan edi.