31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 5,75 so‘mga oshib, 12 780,09 so‘mni tashkil qildi.
Tijorat banklari dollarni 12 715 – 12 760 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 780 – 12 835 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr kuni AQSh valyutasining qiymati 10,63 so‘mga pasaygan edi.