Flynas aviakompaniyasining Namangandan Jiddaga parvozi kechiktirildi
eʼlon qilindi
Samolyot 30-oktabr kuni soat 21:00 da uchishi kerak bo‘lgan
Flynas aviakompaniyasining Namangandan Jiddaga reysi texnik sabab kechiktiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30-oktabr kuni soat 21:00 da uchishi kerak bo‘lgan XY652 reysi noma’lum muddatga qoldirildi.
«Ushbu reys yo‘lovchilari mehmonxonalarga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlandi. Shuningdek, aviakompaniya aeroportdan mehmonxonaga va ortga bepul transferni tashkillashtiradi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air Toshkentdan Guanchjouga parvozni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.