Yangiliklar

Ispaniyada suv toshqini oqibatida kamida 95 kishi halok bo‘ldi

Talafot oqibatida bino va ko‘priklar zarar ko‘rgan
Foto: Reuters

Sharqiy Ispaniyadagi Valensiya mintaqasiga kuchli yomg‘ir yog‘di. Bu esa zamonaviy tarixdagi eng halokatli suv toshqiniga olib keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Talafot oqibatida bino va ko‘priklar zarar ko‘rgan, shuningdek, kamida 95 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, seshanba kuni sakkiz soat ichida Valensiyaning ba’zi hududlariga bir yillik me’yorda yog‘ingarchilik yog‘di. Ispaniyadagi barcha sitrus mevalarining uchdan ikki qismi yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari va yo‘llar suv ostida qoldi.

Mamlakatning boshqa qismlarida, masalan, Andalusiyaning janubida ham suv toshqinlari kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Nepalda suv toshqinlari sabab 148 kishi halok bo‘ldi va 59 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edi.