Vazirlar Mahkamasi «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflarni tasdiqladi. Hujjat Adliya vazirligi rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yil uchun belgilangan narxlar aholi uchun QQSsiz 121,617 so‘m/Gkal (avval 105 754 soʻm/Gkal edi) va boshqa ulgurji tashkilotlar uchun QQSsiz 244,497 so‘m/Gkal (avval 212 606 soʻm/Gkal edi)ni tashkil qiladi.
Yangi tariflar, «Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar» haqidagi qarorlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, aholi uchun tariflar pasaytirilgan. Ushbu pasaytirilgan tariflardan kelib chiqadigan zararlar va investitsion xarajatlarni qoplash uchun Toshkent shahar mahalliy budjetida subsidiya ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, qarorda loyiha bo‘yicha ishlarni boshqarish va monitoringni amalga oshirish ishlari belgilangan. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 1-noyabrdan gazning ijtimoiy limiti besh baravarga oshirilishi haqida yozgan edik.