Yangiliklar

«Kelajak o‘yinlari» O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

2025-yilda Birlashgan Arab Amirligi mezbon bo‘ladi
Foto: Sport va ijtimoiy loyihalar direksiyasi

O‘zbekiston «Kelajak o‘yinlari» xalqaro multisport musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko Toshkentga bo‘lgan amaliy tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Chernishenkoning ta’kidlashicha, O‘zbekiston turnirga nomzod bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, u 2025-yilda Birlashgan Arab Amiriligida (BAA), 2026-yilda Qozog‘istonda turnir o‘tkazilishini eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, «Kelajak o‘yinlari» klassik sport va kibersportni o‘z ichiga oladi. 2024-yilda turnir Qozon shahrida o‘tkazilib, unda 100 dan ortiq davlatlardan 300 ga yaqin jamoalar ishtirok etgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyevning «Kelajak oʻyinlari»ni Oʻzbekistonda oʻtkazishni taklif qilgani haqida yozgan edi.