2025-yildan marketpleys sotuvchilari uchun soliqlar oshiriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2025–2027-yillarga moʻljallangan Budjetnomada maʼlum qilindi
Foto: Depositphotos.com

Tovarlarni elektron platformalar orqali sotayotgan tadbirkorlar uchun foyda va aylanma soligʻi stavkasini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2025–2027-yillarga moʻljallangan Budjetnomada maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, daromad soligʻi 7,5 foizdan 10 foizga, aylanmadan esa 2 foizdan 3 foizga oshadi.

Bundan tashqari, JSTning subsidiyalar va kompensatsiya choralari toʻgʻrisidagi bitimiga muvofiq tovar va xizmatlar eksportidan olingan daromadlar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilish koʻzda tutilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha toʻlangan soliqlar 39 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek