Yangiliklar

Markaziy bank xorijiy valyutada obligatsiya chiqarishning xatarlari haqida fikr bildirdi

Yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlar orqali mablag‘ jalb qilishi xorijiy valyutada bank kreditini jalb qilish bilan teng
Foto: shirotie / depositphotos

Xorijiy valyutada obligatsiya chiqarish, agar bu O‘zbekiston rezidentlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, valyuta yo‘qotishlari «hedjlashtirish» (ingl. hedge – valyuta xavfini sug‘urtalash – tarh.) emitentning bo‘yniga tushadi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 31-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu nuqtayi nazardan, respublika qonunchiligiga ko‘ra yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlar orqali mablag‘ jalb qilishi xorijiy valyutada bank kreditini jalb qilish bilan teng.

«Xorijiy valyutada obligatsiyalar chiqarish, asosan, eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ancha qulay. Lekin ichki ehtiyojlar uchun ishlaydigan subyektlar valyutada obligatsiya chiqarib uni ichki bozorda milliy valyutada sotadigan bo‘lsa, valyuta kursidagi o‘zgarishlardan kelib chiqadigan yo‘qotishlar emitenti bo‘yniga tushadi», – dedi Nurmuratov.

Markaziy bank raisi, «Biz faqat bu segmentida qizish bormi yoki yo‘qmi albatta o‘rganib boramiz», deya munosabat bildirdi.

Ikkinchi jihat shundaki, O‘zbekiston rezidentlarining xorijda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish masalasi bevosita kapital harakati bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan xorijiy investorlarga davlat kompaniyalari aksiyalarini valyuta evaziga sotib olishga ruxsat berilishi haqida xabar bergan edi.