Oʻzbekistonda 1-noyabrdan gazning ijtimoiy limiti besh baravarga oshiriladi

eʼlon qilindi
ijtimoiy norma miqdori 100 kub metrdan 500 kub metrga oshiriladi
Foto: Pixabay

1-noyabrdan aholi uchun issiqlik mavsumida tabiiy gaz isteʼmol qilishning ijtimoiy normasi kuchga kiradi. Bu haqda «Hududgaztaʼminot» axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida ijtimoiy norma miqdori 100 kub metrdan 500 kub metrga oshiriladi. Bu hajm davomida bir kub metr gazning narxi 650 soʻmni tashkil qiladi.

Mazkur oylarda bir oylik meʼyorlar quyidagi tartibda boʻladi:

  • 500 m3 gacha — 650 soʻm (1 m3 gaz uchun);
  • 501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1500 soʻm;
  • 2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1950 soʻm;
  • 5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2275 soʻm;
  • 10001 m3 va undan yuqori — 2600 soʻm.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz narxi oʻzgarishiga qoʻshimchalar kiritilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan gaz taʼminoti bilan bogʻliq 1,5 mingta shikoyat kelib tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek