O‘zbekistonda ko‘p xotinlilikni targ‘ib qilgan 14 kishi jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Jins boʻyicha kamsitishni targ‘ib qilgan yetti nafari ham jazolandi
Foto: wasja / depositphotos

O‘zbekistonda ko‘p xotinlilikni targ‘ib qilgan 14 kishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning o‘zgartirilgan moddalari asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud raisi matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2023-yil 31-oktabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, kodeksga ko‘p xotinlilikni targ‘ib qilish va jins bo‘yicha kamsitishni taqiqlovchi moddalar qo‘shildi. Ushbu qoidabuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish nazarda tutilgan.

Koʻp xotinlilikni targʻib qilish moddasi boʻyicha 13 nafariga jarima, bir nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, jins boʻyicha kamsitishni targ‘ib qilish boʻyicha yetti nafar shaxs jazolandi.

Jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan, erkaklar va ayollar tengligini inkor etish, bunday qarashlarni oqlash BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari uchun ajralish osonroq bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek