Joriy yil 31-oktabr holatiga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymalarining narxi 5 mln 893 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, oltin quymalarining narxi oy boshida 5 mln 616 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyi yakuniga kelib esa 277 ming so‘mga yoki sal kam 5 foizga o‘sdi.
Regulyator xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 3-yanvar holatida oltin quymalarining narxi 4 mln 239 ming so‘mni tashkil qilgan. Yil boshidan buyon oltin quymalarining narxi 1 mln 654 ming so‘mga yoki 39 foizga o‘sgan.
Jahon bozorida ham oltin narxlarida o‘zgarishlar kuzatilmoqda. LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, oltin narxlari 30-oktabr kunduzgi fiksing bo‘yicha $2783,95 bo‘lgan bo‘lsa, kechki vaqtga kelib, $2777,8 ga yetgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yil 18-oktabr holatiga ko‘ra, besh grammlik oltin quymalarining narxi 5 mln 744 ming so‘mga yetgani haqida xabar bergan edi.