Yangiliklar

Pensiyalarni tayinlash va to‘lashda byurokratik jarayonlar kamaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi
Foto: photography33 / depositphotos

Nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonini raqamlashtirish orqali ortiqcha byurokratiya kamaytiriladi. Bu haqda joriy yil 29-oktabr kunida hukumat qarori tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjat qonun ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish maqsadida qabul qilingan. Pensiya tayinlash haqida qog‘oz shaklidagi ma’lumotnoma berishni bekor qilish munosabati bilan ma’lumotlar maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda shakllantiriladi.

Bundan tashqari, iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlari indeksiga asoslanib, pensiyalarni indeksatsiya qilish belgilandi. Shuningdek, ma’muriy islohot asosida vazirlik va idoralarning nomlari va vazifalariga o‘zgartirish kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan pensiya tayinlash uchun onlayn murojaat qanday amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi.