Yangiliklar

Shimoliy Koreya uzoq masofali raketani uchirdi

Snaryad Yaponiya dengiziga tushdi
Foto: Unsplash

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) 31-oktabr, payshanba kuni ertalab uzoq masofali ballistik raketani uchirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, uchirish mahalliy vaqt bilan soat 7:10 da amalga oshirilgan. Keyinroq snaryad Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqaridagi Yapon dengiziga tushgan. Vayronalar haqida ma’lumot yo‘q.

Janubiy Koreya harbiylari KXDR uzoq masofali raketani uchirganini ma’lum qildi. Yaponiya bayonotiga ko‘ra, snaryadning uchish balandligi yetti ming kilometrni tashkil etgan, bu rekord ko‘rsatkichdir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boradigan yo‘llarni portlatgani haqida yozgan edi.