
Surxondaryo viloyatidagi turarjoy binolari va ma’muriy binolarni isitish 1-noyabrdan boshlab yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimovning farmoyishi imzolandi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan seshanba, 29-oktabr kuni Termiz shahrida ob-havoning yomonlashuvi qayd etilgan va shu sababli shahar aeroporti cheklovlar bilan ishlagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida qor yoqqani haqida yozgan edi.