4–10-noyabr kunlari Toshkentda Uzbekistan Fashion Week haftaligining beshinchi mavsumi bo‘lib o‘tadi. Kursiv Uzbekistan muxbiri ushbu voqeaga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Tadbir mamlakatning arxitektura, kino, to‘qimachilik, musiqa va teatr kabi madaniy qadriyatlarini asrab-avaylashga e’tiborni jalb qilishga qaratilgan.
Bu yil namoyishlar ilk bor yetti kun davom etadi va «Xalqlar do‘stligi» saroyi, Alisher Navoiy nomidagi teatr va shaharning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili may oyida Uzbekistan Fashion Week bo‘lib o‘tgan va tadbirning asosiy mavzulari ekologiya va to‘qimachilik bo‘lgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun «O‘zbek modasi tarixi» ta’lim loyihasi ham ishga tushirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda har yili modachilar shousi va Face of Uzbekistan – 2024 tanlovi o‘tkazilgani haqida yozgan edi.