Yangi ko‘rinishdagi Cobalt avtomobilining narxi ma’lum bo‘ldi
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt Midnight avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi ko‘rinishdagi Cobalt avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, yangi modifikatsiya Cobalt modelining hozirgi mavjud modifikatsiyalari bilan birgalikda ishlab chiqariladi.
Cobalt avtomobilining yangilangan ko‘rinishini eski modifikatsiyadan 7,3 million so‘mga farq qilmoqda. Shuningdek, Cobalt’ning mavjud modifikatsiyaning ishlab chiqarilishi ham davom etadi.
Cobalt GX-Style AT Plus narxi – 147,9 mln so‘m bo‘lib, navbat kutish talab etiladi. Cobalt Midnight – navbatsiz yoki minimal kutish bilan 155,2 mln so‘mga xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Cobalt’ning yangi ko‘rinishi avtomobil narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida xabar bergan edi.