Manbalar

1,9 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijda mehnat qilmoqda – Bandlik vazirligi

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra
Foto: Nomadsoul1/Depositphotos

Joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, Oʻzbekistonda 15 milliondan ortiq fuqaro iqtisodiy faol, ya’ni mehnat qilishga tayyor aholi toifasiga kiradi. Bu haqda Bandlik vazirligining statistika ma’lumotlarida ma’lum qilindi.

Shundan 14 mln 213 ming nafari iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida mehnat qilmoqda:

  • rasmiy sektorda – 6,8 mln;
  • norasmiy sektorda – 5,5 mln;
  • xorijda ishlayotganlar – 1,9 mln.

Iyul oyi boshiga kelib, ishsizlar soni 876 ming kishini tashkil etdi. Yil boshidan beri ushbu koʻrsatkich 1 foizga kamaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etilishi haqida yozgan edi.