Yangiliklar

OpenAI ChatGPT’ga qidiruv tizimini qo‘shdi

Enterprise va Edu foydalanuvchilari esa kelgusi haftalardan boshlab ishlaydi
Foto: OpenAI.com

ChatGPT o‘z qidiruv qobiliyatlarini sezilarli darajada yaxshilash orqali foydalanuvchilarga tez va oson ma’lumot olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu haqda OpenAI ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endi kerakli ma’lumotlar uchun alohida veb-manbalarga kirish shart emas, ChatGPT avtomatik ravishda internetdan javob topib berishi mumkin.

Tabiiy til interfeysi yordamida savollarni sodda tarzda ifodalab, zamonaviy yangiliklar, sport yangiliklari va birja kotirovkalari kabi ma’lumotlarni olish imkoniyati taqdim etilmoqda. Foydalanuvchilar o‘z savollariga javob olish uchun qidiruv funksiyasini tanlaydi yoki qo‘lda qidiruvni amalga oshiradi.

Hozirda ChatGPT Plus, Team va SearchGPT foydalanuvchilari yangi qidiruv imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Enterprise va Edu foydalanuvchilari esa kelgusi haftalardan boshlab foydalana oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT foydalanuvchilari soni yil davomida ikki baravar ko‘paygani haqida yozgan edik.