Apple’ning daromadi 6 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Dividendlar noyabr oyida to‘lanadi
Foto: bloodua / www.depositphotos.com

28-sentabr kuni yakunlangan moliyaviy yilning to‘rtinchi choragida Amerikaning texnologik giganti Apple’ning daromadi $94,9 milliardni tashkil etdi. Bu o’tgan yil mos davriga nisbatan 6 foizga ko‘p, deya ma’lum qildi kompaniya.

«Ushbu chorakda biz oʻzimizning eng yaxshi mahsulotlarimizni, jumladan, iPhone 16 seriyasi, Apple Watch Series 10, AirPods 4 (…) kabi mahsulotlarni taqdim etishdan mamnun boʻldik. Bu hafta biz sunʼiy intellekt sohasida maxfiylikning yangi standartini oʻrnatadigan Apple Intelligence platformasining birinchi versiyasini chiqardik», – deya kompaniya bosh direktori Tim Kukning soʻzlari keltirilgan xabarda.

Apple kompaniyasining soʻnggi moliyaviy chorakdagi asosiy faoliyatdan tushgan pul oqimi deyarli $27 milliardni tashkil etdi.

Kompaniya direktorlar kengashi 14-noyabr kuni dividend toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bir aksiya uchun toʻlanadigan dividend miqdori 0,25 dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple yangi Mac Mini’ni taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek