Click foydasi 37,5% ga oshdi

eʼlon qilindi
179,3 milliard so‘mga yetdi
Foto: Click

2024-yilning to‘qqiz oyida Click to‘lov tizimining sof foydasi 179,3 milliard so‘mga yetdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan nashriga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,5 foizga ko‘proq bo‘lib, yillik daromad 35,3 foizga oshib, 420,9 milliard so‘mni tashkil etdi, kompaniya aktivlari esa 68 foizga o‘sib, 266,8 milliard so‘mga yetdi.

Joriy yilning sentabr oxirida Click foydalanuvchilari soni 18,4 milliondan oshdi, yil davomida ushbu ko‘rsatkich 17,1 foizga o‘sdi.

Click foydalanuvchilari endi nafaqat an’anaviy to‘lov va pul o‘tkazmalaridan foydalanmoqda, balki ilova orqali tez-tez chiptalar sotib olish, ovqat va tovarlarni yetkazib berishni ham to‘lashmoqda.

Shuningdek, kompaniya IT bo‘limiga qilingan investitsiyalar haqida ham ma’lumot berdi. Bir yil ichida texnik mutaxassislar jamoasi 80 foizga kengaygan.

Click Inson Uchun xayriya platformasini qo‘llab-quvvatlash uchun 4,1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilganini ham ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hindistonlik Unified Payments Interface (UPI) to‘lov tizimi Humo va Uzcard bilan integratsiyalashga qiziqayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek