Ispaniya bu hafta mamlakatning janubiy va sharqiy hududlarida bir necha soat ichida bir yillik yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan toshqinlar 155 nafar kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, daryolar qirg‘oqlaridan toshib, shahar va yo‘llarni bosdi. Minglab odamlar elektr va toza suvsiz qolgan.
«Oʻnlab bedarak yoʻqolganlar bor. Biz aniq raqam keltira olmaymiz. Ammo kunlar o‘tib, ular topilmasa, biz ularni tirik topishdan umid qilmaymiz», – deydi Ispaniyaning hududiy siyosat vaziri Anxel Viktor Torres.
Valensiya 28-yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilikni ko‘rdi. Odamlar ehtiyotsizlikdan, binolarning podvallari va pastki qavatlarida qolib ketdi.
Favqulodda vaziyatlar xodimlari hamon qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamandagi suv toshqini va uning qurbonlari haqida yozgan edik.