Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilishni to‘xtatish lozimligini aytdi. Bu haqda u davlat migratsiya siyosati boʻyicha yigʻilishda so‘zladi.
Unga ko‘ra, Medvedov ularning qabul qilinishi oqibatida umumiy ta’lim sifati tushib ketishini sabab qilib ko‘rsatgan.
«Ijtimoiy funksiya haqida juda ko’p muhokama qilinadigan vaziyat bu maktablar va boshqa ta’lim muassasalaridir. Ta’lim maskanlariga rus tilini umuman bilmaydigan bolalar qabul qilish, umumiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma uchun ma’lum va endi bunga chek qo‘yish kerak», — dedi u.
Avvalroq, 22-oktabr kuni Sverdlovsk viloyatidagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Igor Morokov rus tilini yaxshi bilmaydigan migrantlarning farzandlarini imkoniyati cheklangan bolalarga tenglashtirishni taklif qilgan edi.
2024-yil sentabr oyida «Izvestiya» gazetasida ta’lim vazirligi maktab va bogʻchalarga rus tilini yaxshi bilmaydigan migrantlarning uch nafardan oshirmagan miqdorda qabul qilish taklifi berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya migrantlar farzandlari uchun bepul ta’limni bekor qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.