Prezident qarori bilan Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilinadi. Institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi taqdim etiladi.
Shuningdek, universitetda keyingi oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq talab yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Navbahor tumanidagi politexnikum faoliyati bilan tanishgan edi.