Yangiliklar

Oʻzbekistonda dam olish kunlari havo harorati 25 darajagacha koʻtariladi

Toshkent viloyatining togʻoldi va togʻli hududlari hamda Fargʻona vodiysining ba'zi joylarida yomgʻir yogʻadi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan, quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda «Oʻzgidromet» axborot xizmati xabar berdi.

Faqatgina shanba kuni kechasi va kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining togʻoldi va togʻli hududlari hamda Fargʻona vodiysining ba’zi joylarida yomgʻir yogʻadi.

Havo harorati asta-sekin bilan koʻtarilib, yakshanba kuni +22…+25 darajagacha chiqadi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi.

Poytaxt Toshkent shahrida esa dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol Sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi +8…+10 darajada boʻlsa, kunduzi shanba kuni havo +19…+21, yakshanba kuni esa +23…+25 darajagacha koʻtariladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-noyabr kuni Oʻzbekiston boʻylab quruq havo boʻlishi haqida xabar bergan edi.