Oʻzbekistonda isteʼmolchilarga to‘qqiz oyda 717,8 mlrd so‘m keshbek to‘landi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        701,1 mln chek boʻyicha
                    
                            
Oʻzbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyi davomida isteʼmolchilarga 701,1 mln dona chek boʻyicha jami 717,8 mlrd so‘m keshbek to‘lovi amalga oshirildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, eng koʻp keshbek Toshkent shahrida — 283 mlrd so‘m toʻlangan. Shuningdek, mazkur davr mobaynida Toshkent viloyatida — 72,6 mlrd so‘m, Samarqand viloyatida — 63,4 mlrd so‘m, Fargʻona viloyatida — 52,7 mlrd va Andijon viloyatida 35,9 mlrd so‘m keshbeklar to‘langan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan naqd puldagi toʻlovlar uchun keshbek berish bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
