Yangiliklar

OKMKning sof foydasi uchinchi chorakda 6,1 trln so‘mni tashkil qildi

O‘tgan yilga nisbatan esa 35,6 foiz o‘sdi
Foto: OKMK

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining (OKMK) 2024-yilning uchinchi choragida sof foydasi 6,1 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 35,6 foizga ko‘pdir. Bu haqda korxona hisobotida ma’lum qilindi.

Kombinatning yillik daromadi 22,7 trln so‘mdan 27,3 trln so‘mga oshdi. Yillik o‘sish 20,3 foizni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi o‘rtalarida Germaniyaning KfW IPEX Bank va Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH (AKA) banklari korxonaga 146 mln yevro ajratadi. Mablag‘ mis eritish majmuasi qurilishiga sarflanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning to‘qqiz oyida OKMK xorijga $486,1 millionlik mahsulot yetkazib bergani haqida yozgan edi.