Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasida vazirlar Aleksey Chekunkov va Sergey Kravsov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi ta’lim va gumanitar almashinuvni kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Rossiyaning yetakchi OTM filiallarini O‘zbekistonda ochish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash shular jumlasidandir.
Yig‘ilishda tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish, qo‘shma madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishdan manfaatdor ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga yordam berishga tayyor ekani haqida yozgan edik.