Yangiliklar

O‘zbekistonlik 10 nafar bokschi jahon chempionligi uchun kurash olib boradi

Musobaqa Chernogoriyada bo‘lib o‘tmoqda
Foto: O‘zR Milliy olimpiya qo‘mitasi

Chernogoriyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik 10 nafar bokschi finalga chiqdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Final janglari 2–3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi va unda o‘zbekistonlik bokschilar Sayfiddin Sobirov, Samandar Olimov, Abdulaziz Jo‘raqulov, Jafarbek Shahbozov, Akmaljon Isroilov, Halimjon Mamasoliyev, Shahzod Polvonov, Jasmin Tohirova, Ruxshona Parpiyeva va Sobiraxon Shahobiddinova ishtirok etadi.

Musobaqaning yarim final bosqichi yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Sobirjon Tastanov, Muhammad Azizbek Ismoilov va Oysha Toirova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘zbekistonlik Murodjon Axmadaliyev WBA yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik jahon chempioni unvoni uchun jang o‘tkazishi haqida yozgan edi.