Toshkentdagi mahallalarning chegarasiga o‘zgartirishlar kiritildi – video
eʼlon qilindi
Loyihani tayyorlash uchun ikki yil vaqt ketdi
Toshkent shahrida mahallalar chegaralari oʻzgardi va yangi, aniq koordinatlarga ega boʻlgan xarita onlayn rejimida taqdim etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Raqamli rivojlanish departamenti ikki yillik loyihani yakunlab, ma’lumotlarni ochiq bazaga joylashtirdi. Mahalla fuqarolar kengashi xodimlari va aholi yangilangan xaritani koʻrib chiqishi va yuklab olishi mumkin.
Videoda o‘zgarishlar nima uchun kerakligi va ular qanday qiyinchiliklarni hal qilishga yordam bergani tushuntiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan har bir tumanda «yashil» mahalla barpo etilishi haqida yozgan edi.