Prezident Navoiydagi 15 ta loyihaga start berdi

eʼlon qilindi
Loyihalarning umumiy qiymati $3,6 mlrd.ni tashkil qiladi
Foto: President matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida yangi loyihalar qurilishini jamoatchilik vakillari ishtirokida boshlab berdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, marosimda 15 ta yangi loyiha e’lon qilindi. Ularning umumiy qiymati $3,6 mlrd.ni tashkil etadi. Bu loyihalar viloyatning iqtisodiy rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va investorlar qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Navoiy viloyatida tadbirkorlikning jadal rivojlanishi va xorijiy investitsiyalarning oshishi kuzatilmoqda. 2023-yilda viloyatda 101 trln so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan va $648 mln eksport amalga oshirilgan. $478 mln xorijiy investitsiya jalb qilingani bu jarayonning muvaffaqiyatini ko‘rsatadi.

Foto: President matbuot xizmati

Yana shuni ta’kidlash joizki, yangi loyihalar energetika, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi muhim tashabbuslarni qamrab olgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev marosimda ramziy tugmani bosib, ushbu loyihalarning qurilishi va faoliyatini rasmiy ravishda boshladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident «Yangi Navoiy» shaharchasi qurilishi bilan tanishgan edi.

Shuningdek