Suv va salqin ichimliklarga vaqtinchalik «sabr» kuni: markirovka majburiyati kechiktirildi

eʼlon qilindi
Rasmiy munosabat
Foto: realinemedia /www.depositphotos.com

Ijtimoiy tarmoqlarda biznes vakillari tomonidan markirovkalangan tovarlar agregatsiyasi bosqichini kechiktirib turishni so‘rab qilingan murojaat yuzasidan Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.  

Qayd etilishicha, 30-oktabrda kuni ijtimoiy tarmoqlarda suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilari uyushmasi Soliq qo‘mitasiga murojaat yo‘llagan.

Soliq qo‘mitasi biznes vakillari so‘ragan uchrashuv noyabr oyining ikkinchi dekadasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilmoqda.

«Ko‘tarilgan masalalarga aniq va asoslangan javob va tushuntirishlar berish maqsadida tayyorgarlik ko‘rish lozim va mazkur uchrashuv noyabr oyining ikkinchi dekadasida o‘tkazilishi rejalashtiriladi», – deyiladi xabarda.

Uchrashuv o‘tkazilguniga qadar, shuningdek, qo‘mita ma’lumotlar bazasi ko‘chirilayotgani inobatga olgan holda suv va salqin ichimliklarni agregatsiyalashni majburiy talablari qo‘llanilmasligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarima kamayishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek