Tolibon: Tojikiston bilan munosabatlarimiz yaxshilanmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Afg‘oniston hukumati vakili ma’lum qildi
Foto: TOLONews

Afg‘oniston bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Kabir Tolibon va Tojikiston o‘rtasida siyosiy aloqalar yaxshilanayotganini ta’kidladi. Bu haqda TOLONews xabar berdi.

«Ularning delegatsiyasi Afgʻonistonga keldi, bizning delegatsiyamiz ham Tojikistonga bordi. Xudo xohlasa, bu almashinuvlar yanada kengayadi. Sherxon Bandar nazorat posti orqali savdomiz davom etmoqda va bizda hech qanday muammo yo‘q», – dedi Abdul Kabir.

Ayrim qo‘shni davlatlar bilan muammolarga qaramay Afg‘onistonning barcha savdo yo‘llari ular uchun ochiqligicha qolmoqda, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Tolibon vakillari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek