Turkiya hukumati xorijiy ta’sirga qarshi kurashish bo‘yicha yangi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur qonun «davlat xavfsizligi yoki uning ichki va tashqi siyosiy manfaatlari»ga qarshi harakat qilayotgan xorijiy davlatlar yoki tashkilotlar ta’siriga qarshi kurashishga qaratilgan bo‘ladi. Qonun buzilgan taqdirda yetti yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Turkiya milliy manfaatlarga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan masalalarda chet el ta’siriga qarshi yangi qonunni joriy qilmoqchi, bu esa fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining o‘zgacha fikrni bostirish uchun ishlatilishidan xavotir uyg‘otmoqda.
Ayrim ekspertlar fikriga ko‘ra, qonun norozilikni bostirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Bu esa ijtimoiy guruhlar va tashkilotlar o‘rtasida xavotir uyg‘otmoqda.
Bunga o‘xshash qonun Gruziyada ham qabul qilingan edi. Ammo holat Yevropa Ittifoqi va AQSHning keskin munosabatlariga sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya darsliklarida Markaziy Osiyo nomi Turkistonga oʻzgartirilgan edi.